Rossiyada Telegram'da yozişmalarni öqiy oladigan josus-dastur aniqlandi

Rossiyada Telegram'da yozişmalarni öqiy oladigan josus-dastur aniqlandi

Kaspersky Lab kompaniyasi Telegramda yozişmalarni öqiy oladigan josus-dasturni aniqladi.

 Kaspersky Lab kompaniyasi FinSpy josus dasturining yangi versiyasini aniqladi. U mobil telefonda deyarli barça foydalanuvçilar harakatlari, xususan himoyalangan messendjerlardagi oddiy va maxfiy çatlarda yozişmalarni kuzatişi mumkin.

“Endi bu dastur Telegram, WhatsApp, Signal va Threema messendjerlardan maʼlumotlarni yiğişi mumkin”, - deyilgan kompaniya xabarida.

FinSpy köpinça josuslik maqsadlarda foydalaniladi. Bu dastur smartfon yoki planşetda foydalanuvçi haqida, jumladan uning aloqalari, SMS xabarlari, GPS joylaşuvi, foto-suratlar, saqlangan fayllar, tovuşli xabarlar singari turli maʼlumotlarni yiğişi mumkin.

Mutaxassislar maʼlum qilişiça, har bir dastur aniq bir odam yoki guruhga moslaştirilişi mumkin.

FinSpy mualliflari yangi himoyalaniş usullarni diqqat bilan kuzatib borib, dasturga tezkorlik bilan özgartiriş kiritişmoqda.

FinSpy dasturi tuzoğiga tuşib qolmaslik uçun uçun Kaspersky Lab mutaxassislari mobil qurilmalarni bloklanmagan holda taşlab ketmaslik, heç kimga parolni aytmaylik, faqat rasmiy dökonlardan dasturlarni yuklaş, nomaʼlum raqamlardan yuborilgan şubhali manzillarga ötmaslik, muntazam ravişda nomaʼlum dasturlar paydo bölib qolganini tekşirib boriş, agar topilgan taqdirda ularni zudlik bilan öçirib taşlaşni tavsiya qiladi.

×