Sökinib video tarqatgan öquvçi qizlarning şaxsi aniqlandi

Sökinib video tarqatgan öquvçi qizlarning şaxsi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarida ikki nafar öquvçi qiz tomonidan uyatli sözlar orqali sökinib tasvirga olingan videolavha tarqaldi. Uşbu videoga viloyat IIB tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilişiça, holatni zudlik bilan Içki işlar boşqarmasi öz nazoratiga olgan hamda öquvçi qizlarning şaxsiga oydinlik kiritişgan.

Suriştiruv harakatlari davomida videodagi qizlar Navoiy şahridagi 10-sonli maktab öquvçilari — 2005 yilda tuğilgan J.A. T.J. va R.J. ekanligi aniqlandi. Holat 8 sentyabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan.

Holat yuzasidan 10-sonli maktab direktori, öquvçilarning ota-onalari, şuningdek, Navoiy şahar IIB XPB VEB inspektor-psixologlari iştirokida muhokama taşkil qilindi.

Qizlarning aytişiça, bu şunçaki hazil tariqasida olingan. Ular qilgan işidan çin dildan puşaymonligini bildirişgan.

Hozirda holat yuzasidan yiğilgan materiallar qonuniy çora köriş maqsadida Navoiy şahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.

×