Xalqaro qidiruvdagi öta xavfli özbekistonlik jinoyatçi Misrda qölga olindi

Xalqaro qidiruvdagi öta xavfli özbekistonlik jinoyatçi Misrda qölga olindi

Tovlamaçilik hamda boşqa oğir jinoyatlarda gumon qilinayotgan xalqaro qidiruvdagi özbekistonlik Misr Arab Respublikasidan Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilişiça, qidiruvdagi şaxs Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari taşabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan bölib, Interpol tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida uning Misr hududida ekani aniqlangan. Şundan söng Misrning vakolatli organlari uni qölga olgan.

Şundan söng, Özbekiston tomoni Miszga ekstraditsiya sörovi yuborgan. Sörov körib çiqilgaç, Misr hukumati qidiruvdagi şaxsni Özbekistonga topşiriş töğrisida qaror qabul qilgan. Barça xalqaro-huquqiy tartib-taomillar yakunlangaç, u Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topşirilib, jinoiy javobgarlikka tortiş uçun mamlakatga olib kelingan.

“Özbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi yaşirinib yurgan jinoyatçilarning yaşiringan joyini aniqlaş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş hamda qidiruvdagi şaxslar qaysi mamlakatda ekanidan qatʼi nazar, jazoning muqarrarligi tamoyilini taʼminlaş borasidagi tizimli işlarni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×