Qozoğistonning Çimkent şahrida xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi uşlandi. Bu haqda Çimkent politsiya departamenti maʼlum qildi.
“Migrant” va “Qidiruv” tezkor-profilaktika tadbirlari davomida şahar IIB Ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan Özbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etişda gumon qilingan şaxs qölga olingan.
Maʼlum qilinişiça, buzğunçi diniy oqim tarafdori bölgan 30 yoşli fuqaro avvalroq Özbekiston IIB tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. Qölga olingan şaxs şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarini yöqotib, mahalliy aholidan birining uyida yakka tartibda işlab yurgan.
Hozirda politsiya erkakning hujjatlarini tiklaş ustida işlamoqda, şundan söng uni Özbekistonga ekstraditsiya qiliş çoralari köriladi.









