Xalqaro qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi Turkiya hududida qölga olinib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan 1,5 yil davomida xalqaro qidiruvda bölgan A.A. Turkiyada yaşirinib yurgan vaqtida aniqlanib, tegişli tartibda Özbekistonga topşirilgan.
Mazkur şaxs tergov va sud jarayonlarini davom ettiriş uçun vakolatli organlar ixtiyoriga ötkazilgan.
“Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasidagi yaqin hamkorlik jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, xalqaro qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş hamda ularning javobgarlikdan qoçib yurişiga yöl qöymaslik borasida izçil davom etmoqda”, deyiladi xabarda.









