U Yevropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda öğirlik sodir etgani uçun xalqaro qidiruvda bölgan.
Makedoniyaning Interpol Milliy markaziy byurosi (MMB) maʼlumotlariga asosan hamda Özbekiston Interpol MMB xodimlarining tezkor harakatlari tufayli uyuşgan jinoiy guruh aʼzolaridan biri bölgan, Yevropaning bir qator mamlakatlarida katta miqdorda öğirlik sodir etgan xalqaro qidiruvdagi jinoyatçi hibsga olindi.
Interpol kanallari orqali taşkil etilgan özaro hamkorlik natijasida jinoyatçi Özbekistonda aniqlandi va qölga olindi.
«Bugungi kunda, olib borilgan muzokaralar va olingan tezkor axborotlar tufayli xalqaro qidiruvda bölgan şaxs, sodir etgan jinoyatlariga sud oldida javob beriş uçun makedoniyalik hamkasblarga topşirildi», deyiladi Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabarida.









