Hodisa Ispaniyada sodir bölgan.
Mafiya aʼzosi 20 yillik qidiruvdan söng, Google Maps tufayli qölga olindi. Bu haqda "lenta.ru" naşri xabar berdi.
Italiyalik Joakkino Gammino bir neça qotilliklarga aralaşgan. U ismini, yaşaş joyini özgartirgan va yaqinlari bilan ön yildan ortiq aloqaga çiqmagan. Gammino Ispaniyaga borgan va u yerda meva dökoni oçgan. Aynan şu dökon uning qölga olinişiga sabab böldi.
Gap şundaki, Google Maps ilovasi uçun şahar köçalarini tasvirga olayotgan maşina uni dökon yaqinida suratga olgan. Ispaniya politsiyaçilari Gamminoni tanib qolgan hamda dökonning özidayoq qölga olişga muvaffaq bölgan.









