Özbekiston telekanalida efirga uzatiladigan munosabat tok-şousining navbatdagi soni “Hayotimizda keksalarning örni yetarli darajadami?” mavzusi atrofida böldi. Dasturda bugungi zamonaviy özbek ayol-qizlarining yuriş-turişi, kiyinişi keskin tanqid ostiga olindi, deydi "togri.uz".
"Qani, erkaklarimiz qayerga qarayapti?”
Tok-şouga taklif qilingan mehmonlardan biri bugun yoşlar zamonaviy kiyiniş uslubi deb yirtiq şim kiyayotgan qizlarning yuriş-turişini nazorat qiladigan otasi, akasi, “erkakman degan vijdonli erkak yonida bormi?” degan savol bilan studiyadagilarga yuzlandi.
“Qirq yoşda buvi bölyapti. Buvi maktabga kelyapti, biz majlis ötkazyapmiz. Yonimda domla ötiribdi. Qizlarimizning kiyiniş madaniyatini muhokama qilyapmiz. Zalga qarasam yarim-yalanğoç onalar ötiribdi. Domlani oldida men uyalib ketdim. Keçirasiz, öşa ayolni eri bormi? Hammayoğini oçtirib qöygan, raşk qilmaydigan erkak nima deyilardi ilgari? Dayus deyilardi. Qani, erkaklarimiz qayerga qarayapti?” dedi dastur mehmonlaridan biri.









