Rossiyaning Podolsk şahrida 4-qavat balkonidan tuşib ketgan 2 yoşli bolaning joni omon qoldi. Uni özbekistonlik kommunal xizmatçilari adyol yordamida tutib olişdi, deb yozadi «CentralAsia».
Bola balkondan oşib tuşgan va oyoqlari bilan devorning turtib çiqqan joyiga tirmaşgan. Şu holatda balkonning taşqi tomonida 20 daqiqa osilib turgan. Söng qöllari toliqqanidan oçilib, pastga tuşib ketgan. Bu vaqtda 21 yoşli ona uyda uxlayotgan bölgan. Politsiyaning aniqlaşiça, u ğirt mast bölgan.
Kommunal xizmatçilari andijonlik Bekmurod Turdaliyev va Şerbek Soliyev öşa kuniyoq Podolsk qahramonlariga aylanişdi. Ular işlayotgan kompaniya rahbariyati bolaning xaloskorlarini mukofot puli bilan taqdirlaşga vaʼda berdi.
— Yigitlar maysani kesişayotgandi. Söng menga qönğiroq qilib, 4-qavatning balkonida bir bola osilib turganini va baqirayotganini aytişdi. U tinmay yiğlab, onasini çaqirardi: «Ona, ona!». 3-qavatda yaşaydigan ayol bizga adyol olib çiqib berdi. Biz pastda adyolni yozib, 20 daqiqa kutdik. Bu vaqtda beçora bola qölida osilib turar va tinmay köz yoşi tökardi. Söngra holdan toydi, şekilli, qöllari oçilib ketdi va töppa-töğri adyolga kelib tuşdi, — deya sözlab berdi Bekmurod Turdaliyev. — Adyolni beş kişi uşlab turdik. Şu uyda yaşovçi 16 yoşli rus yigit ham bizga yordamlaşdi. Bola rosa baqirib yiğladi, lekin onasi eşitmadi yoki yoniga çiqişni xohlamadi. Bolani uşlab olganimizda, yerga tuşirib yubormaslikka harakat qildik. Şuning uçun şikastlanmadi.
Bolaning qutqaruvçisi Bekmurod özini taniştirar ekan, 10 yildan beri Podolskda yaşaşini, şu vaqtgaça mahalliy hududni tartibga soliş guruhida işlaganini gapirib berdi. U — köp bolali ota, uning 6 yoşli öğli va uç nafar qizi, jumladan, egizaklari bor. Oilasi ham u bilan birga Podolskda bölgan. Faqat yanvarda yaqinlarini körib keliş uçun vataniga ketişgan va karantin tufayli qolib ketişgan. Endi ular öz otasi bilan faxrlanib yuradigan bölişdi.
Maʼlum bölişiça, bolakayning onasi Natalya Ş. 21 yoşda, u yolğiz ona, uning yana bir yoşli öğli ham bor. Politsiya yuz bergan voqeadan söng ança paytgaça uning kvartirasiga kira olişmagan. Favqulodda holatlar xizmati yordamida eşikni buzib kirişganida, ikkinçi bolakay onasining yonida bölgan. Tekşiruv işlari tugagunga qadar bolalar onasidan olinib, şifoxonaga yotqizilgan.









