“Ğururingizga öt tuşdi”. Alişer Qodirov futbolçilarni keskin tanqid qildi

“Ğururingizga öt tuşdi”. Alişer Qodirov futbolçilarni keskin tanqid qildi

Özbekiston milliy terma jamoasidagi “xizmat körsatgan” futbolçilar bilan xayrlaşib, şu Jahon çempionatining özidayoq keyingi saralaş davrida foyda beradigan futbolçilarga imkoniyat beriş lozim. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov özining Telegram-kanalida yozdi.


Qodirov Özbekiston milliy terma jamoasining AQŞning Xyuston şahridagi NRG stadionida bölib ötgan Portugaliyaga qarşi uçraşuvdagi 5:0 hisobidagi mağlubiyatidan söng mutasaddi va futbolçilarni ayovsiz tanqid qildi.

“Bu mundialda jamoani yarmi böloladigan darvozabon yöq edi, jiddiy böşliq. Fikrim özgardi, Osiyo kubogini oliş degan xomxayol bilan birga tarkibdagi “xizmat körsatgan”lardan keçib, şu musobaqadayoq keyingi saralaş davrida işlaydigan tarkibni öynatiş kerak”, deb yozadi Qodirov.

Şuningdek, deputat terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro Behruz Karimov, Abbos Fayzullayev va Abduqodir Husanov kabi futbolçilar atrofida terma jamoani şakllantirişini va kelasi ikki Jahon çempionati saralaş bosqiçida ham raqobatlaşa oladigan 30 nafarlik tarkibni aniqlaştirişi kerakligini aytib ötdi.

“Ha, siz bunga loyiq emassiz deb ayta olmayman, çunki maydon tekis, töp yumaloq va ularda sizdan ortiq öyinçi, oyoq yoki qöl yöq edi, lekin siz bunga rozi emassiz, umid beradigan qismi şu yerda… Bosim böladimi, momaqaldiroq çaqadimi – Kongo bilan öyinni biz emas, özingiz uçun öynang, futbolçi nonini yeyapsiz, ğururingizga öt tuşdi, adaşmasam…”, deb yozadi Qodirov.

Fikrlari söngida Qodirov Özbekiston milliy terma jamoasini Osiyoning eng kuçli terma jamoalari qatoriga kirmasligini ham aytib ötdi.

“Osiyoning zör va eng zörlari aniq va biz u yerda emasmiz”, deydi Qodirov.


×