Rasul Kuşerbayev ösimlik yoği narxining keskin oşganini tanqid qildi

Rasul Kuşerbayev ösimlik yoği narxining keskin oşganini tanqid qildi

Ohirgi oylarda ösimlik yoğining oşib ketişi kuzatilmoqda. Bunga sabab sifatida asosan kungaboqar uruğlari işlab çiqariş va eksportning qisqarişi bilan boğliq taşqi muhit taʼsir körsatganligi bildirildi. 

Biroq unda paxta yoği nimaga oşib ketayapti, degan savol köndalang turgandi. 

Maʼlum bölişiça, paxta yoği narxining oşişiga işlab çiqariş uçun asosiy xom-aşyo bölgan texnik çigitning birja savdolaridagi boşlanğiç narxlarining asossiz oşirib qöyilişi ham taʼsir etgan.

Jumladan, 2021 yil aprel oyi davomida 40 ta paxta-töqimaçilik klasteri vaziyatdan foydalanib, 1 tonna texnik çigitni birja savdolariga 4-4,5 mln sömdan boşlanğiç narxlarda qöyişgan va narx birinçi çorakka nisbatan örtaça 38 foizga oşirilgan. 

Boşlanğiç narxlar oşganligi sababli, ularning sotiliş narxlari ham oşgan va örtaça 4,5-5 mln söm atrofida şakllangan. 

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan körilgan tadbirlar jarayonida birja savdolarida texnik çigitning boşlanğiç narxlarini kelişib, sunʼiy oşiriş kabi holatlar mavjudligi hamda raqobat töğrisidagi qonunçilik talablari buzilganligi yuzasidan 34 ta paxta-töqimaçilik klasteriga nisbatan iş qözğatilgan. 

Natijada, joriy yil may oyining 10-12 kunlarida paxta-töqimaçilik klasterlari tomonidan boşlanğiç narxlar tuşirilib, sotiş narxlari örtaça 3,4 mln söm atrofida şakllandi, bunda çigitning boşlanğiç narxi 39 foizga sotiş narxi 31 foizga pasaydi. 

Şuningdek, Qömita tomonidan sunʼiy tanqislik yuzaga keltirilişini oldini oliş maqsadida birja savdolarida bir xaridor olişi mumkin bölgan kunlik maksimal hajm 3 tonna miqdorida belgilanibdi. 

Ösimlik yoği oşib borişidan foydalanib, qöşimça daromad qilib olişni közlagan janob klasterçilarni qilgan öyini yaxşimas. 

Otning ölimi itning bayrami, deb şunga aytsa kerak. 

×