Özbekistonda qadimiy yunon harbiy lageri topildi

Özbekistonda qadimiy yunon harbiy lageri topildi

Özbekiston janubidagi qadimiy tepaliklardan birida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ellinistik davrga oid yunon harbiy lageri izlari aniqlandi. Arxeologlar Iskandartepa hududidagi inşoot oddiy aholi punkti emas, balki qisqa muddat foydalanilgan harbiy post bölganini maʼlum qildi. Bu haqda “Greekreporter” xabar berdi.

Tadqiqotlar Çexiya va Özbekiston arxeologlari hamkorligida olib borilgan. Pragadagi Çarlz universiteti olimi Ladislav Stanço boşçiligidagi guruh mazkur hududni 2017 yildan boşlab örganib kelmoqda. 2021 yilda esa mutaxassislar magnitometriya va yer ostini aniqlaş texnologiyalari yordamida hududni batafsil tekşirgan.

Geofizik tadqiqotlar natijasida qariyb 6 gektar maydon örganilib, tepalik atrofida uzunligi 400 metrga yaqin mudofaa xandaqi aniqlangan. Keyingi qaziş işlari xandaqning eni 4-7 metr, çuqurligi esa 85 santimetrgaça bölganini körsatgan.

Arxeologlar xandaq içidan yoğoç himoya devorlariga tegişli bölişi mumkin bölgan ustun izlarini ham topgan. Bu esa hudud vaqtinçalik, ammo himoyalangan harbiy qarorgoh sifatida foydalanilganini körsatadi.

Lager içkarisidan katta hajmdagi sopol suv idişlari xumlar topilgan. Mutaxassislarning fikriça, bu idişlarda oziq-ovqat emas, balki suv saqlangan. Çunki hududda doimiy binolar yoki tabiiy suv manbai bölmagan.

Bundan taşqari, tadqiqotçilar hududning şarqiy va ğarbiy qismlarida 90 ga yaqin oval şakldagi çuqurlarni aniqlagan. Ularning ayrimlari keyingi davrlarda qabriston sifatida işlatilgani taxmin qilinmoqda.

Topilmalar orasidan Yunon-Baqtriya hukmdorlari Evtidem I va Demetriy I davriga oid tangalar ham aniqlangan. Bular uşbu joy miloddan avvalgi II asrda, ellinistik davr voqealariga işora qiladi.

Olimlar Iskandartepani Söğdiyona hududidagi Boysari tepasi bilan taqqoslab, uning tuzilişi Markaziy Osiyodagi kam uçraydigan yunon harbiy lagerlari namunalaridan biri ekanini qayd etgan.

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, mazkur kaşfiyot geofizik usullar yordamida közga taşlanmaydigan qadimiy yodgorliklarni aniqlaş mumkinligini yana bir bor isbotlagan.


Teglar:
×