Özbekistonda harbiy xizmat tölovi miqdori oşirildi

Özbekistonda harbiy xizmat tölovi miqdori oşirildi

Özbekistonda safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat uçun tölov miqdori oşiriladi. Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Iş haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida”gi farmoni bilan 2024 yil 1 sentyabrdan boşlab mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori oşirilib, 1 million 155 ming söm etib belgilandi. 

Safarbarlik çaqiruv rezervi tölov badali bevosita mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Yaʼni 1 sentyabrdan bir oylik harbiy xizmat uçun tölov miqdori 8 million 85 ming söm etib belgilanadi. Ayni paytdagi tölov summasi esa 7 million 350 ming söm.

Maʼlumot uçun, safarbarlik çaqiruv rezervi safiga olingan şaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelişuvi asosida, 1 yil mobaynida biryöla yoki bölib tölaş orqali amalga oşirilişi mumkin. Xizmatga olingan şaxslar tomonidan tölangan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik çaqiruvi rezervi mablağlari” maxsus hisob raqamida jamlanadi. Mablağlar muddatli harbiy xizmatçilarga nafaqa pulini tölaş, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatçilari taʼminotiga yönaltiriladi. Fuqarolar xizmat safiga 27 yoşga tölgunga qadar olinadi.


Teglar:
×