Özbekiston harbiy xizmatçilari mamlakatdan taşqarida harbiy harakatlarda qatnaşmaydi – Mudofaa vazirligi

Özbekiston harbiy xizmatçilari mamlakatdan taşqarida harbiy harakatlarda qatnaşmaydi – Mudofaa vazirligi

Özbekiston Respublikasi, şu jumladan Özbekiston harbiy xizmatçilari, mamlakatdan taşqaridagi harbiy harakatlarda qatnaşmaydi. Özbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatçilarni yollaş boşlangani haqidagi tarqalgan yolğon maʼlumotlarning haqiqiy asosi yöq. Bu haqda Özbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Özbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinç hayoti va xavfsizligini himoya qiliş uçun tuziladi. Qurolli Kuçlarning tuzilişi va ularni taşkil etiş qonun bilan belgilanadi.

Mudofaa doktrinasiga köra, Özbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik, yuzaga kelişi mumkin bölgan nizolarni tinç yöl bilan hal etiş tamoyillariga asoslanadi.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida (154-1-moddasida) harbiy xizmatga qabul qiliş, çaqiriş, xorijiy davlatlarning xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya yoki boşqa şunga öxşaş organlarida xizmat qiliş nazarda tutilgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasi, şu jumladan Özbekistonning harbiy xizmatçilari ham mamlakatdan taşqaridagi harbiy harakatlarda qatnaşmaydi. Özbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga çaqiruv boşlangani haqidagi keng tarqalgan yolğon maʼlumotlar haqiqiy asosga ega emas”, deyiladi xabarda.

×