Namanganda qadimiy quvurlar topildi (foto)

Namanganda qadimiy quvurlar topildi (foto)

Namangan viloyatidagi 100 gektarga yaqin qismi butun saqlangan Axsikent yodgorligida qadimiy aşyolar topildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, Axsikentda XI qazuv obʼektidan sönggi ellik yildagi eng nodir topilmalar aniqlangan. Arxeologlar tranşeya qaziş jarayonida kengligi 2,3 metrlik zinapoyaga duç kelgan. Yer tubi tomon tört metr qazilganda sirli yölakning bus-butun arkalariga duç kelingan.

Bu yerdan 10 ming kubometr tuproq çiqarilgaç, yölakning 12 poğonasi oçilgan. Aynan şu nuqtadan yetti metr şarqda qadimşunoslar yana ikkita noyob yerosti yöllariga duç kelgan. Taxminlarga köra, har ikki arkasimon yölak, dastlabki topilgan katta yölga boğlanadi. Barça yölaklar butun, arkasimon holda, metro uslubida nafislik bilan pişiq ğiştdan bunyod etilgan.

Hozirda italyança deya taʼriflangan rakovina, yerosti, pol osti isitiş tizimi, nafis sopol quvurlari bilan butun holatda topilgan qöl yuviş vositalari ham aynan şu obʼektdan 2024 yilgi qazuvlar jarayonida topilgan.

“Bu obʼektning ustini oktyabr oyida uzil-kesil yopişimiz kerak. Agar quruvçilar bunga ulgurişmasa, yana tuproq taşlab konservatsiya qilişimizga töğri keladi. Obʼekt öta noyob”, deydi Axsikent ekspeditsiyasi rahbari, professor Abdulhamid Anorboyev.

Hozirda muzlaştirilayotgan qismlar quyidagilardan iborat:

XVIII qazuv obʼekti — X−XII asrlarda faoliyat yuritgan yer osti suv inşootining kuzatuv punkti, birinçi şahristonning XIII asrning boşlariga oid Xorazmşohlar davrida qurilgan mudofaa devori va turar joy qoldiqlari;

XI qazuv obʼekti — XI−XII asrlarga oid pişiq ğiştdan qurilgan gumbazli tagxona va mahobatli turar joy qoldiqlari, Farğona vodiysida ilk bor topilgan qoraxoniylar davri devoriy rasm namunalari hamda yuqorida qayd etilgan yerosti inşootlari va nodir qurilmalar mavjud;

XIX qazuv obʼekti — şaharning eramizdan avvalgi III−I asrlarda qurilgan mahobatli mudofaa devorlari va yerosti suv yöli;

XXIV qazuv obʼekti — XI−XII asrlarga oid mahobatli turarjoy qoldiqlari aniqlangan.

Hokimlik matbuot xizmati yodgorlik va undagi sönggi topilmalar haqida National Geographic hujjatli film suratga olişini maʼlum qildi.

Maʼlumot uçun, Axsikent yodgorligi qadimiy şahar xarobasi Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi Şahand qişloği hududida, Sirdaryoning öng sohilida joylaşgan. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Axsikat şahri miloddan avvalgi III−II asrlarda vujudga kelgan, IX−X asrlarda Farğona vodiysining poytaxti bölgan. 1219 yil möğullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Uning eski örnidan 5−7 km ğarbda bunyod etilgan yangi şahar Axsi XIV−XVII asrlarga oiddir.


Teglar:
×