Samarqandda “snos”ga tuşgan hududdan qadimiy qabrtoşlar topildi

Samarqandda “snos”ga tuşgan hududdan qadimiy qabrtoşlar topildi

Joriy yilning 2 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand aeroporti yaqinida “snos”ga tuşgan hududda olib borilayotgan qaziş işlari vaqtida tuproq ostidan nomaʼlum artekfakt topilgani haqida xabar tarqalgandi. Madaniy meros agentligi Samarqand şahrida topilgan qadimiy artefakt yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilişiça, Samarqand arxeologiya instituti va SamDU tarix fakulteti xodimlari şahar aeroporti hududini rekonstruktsiya qiliş jarayonida topilgan artefaktlarni borib örganişgan.

Örganiş jarayonida ölçami 154x50x34 santimetrli sandiq şaklidagi qabrtoş oq marmardan işlangani, toşning usti va yon tomonida “Baqara” surasining 254, 256-oyatlari tuşirilgani maʼlum bölgan.

Qayd etilişiça, qabrtoşning ayrim qismlari yaxşi saqlanmagani sabab şaxsning dafn etilgan vaqti va töliq ism-şarifi haqida maʼlumot oliş murakkablaşmoqda. Dastlabki közdan keçiriş natijasida unda “Oqila bibi” deb yozilgani aniqlangan.

Ikkinçi qabrtoş qora marmar toşdan işlangan. Unda hijriy 1049 (1659) yil sanasi bitilgan. Ölçami 116x37x25 santimetr. Qabrtoş sohibining ismi yozilgan tomoniga şikast yetgani sababli hozirça bu borada maʼlumot mavjud emas.

Qabrtoşlar Samarqand ölkaşunoslik muzeyiga olib borilgan. Tadqiqot işlari davom etmoqda.

×