Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) prezidenti Ibrohim Hojiusmonöğli milliy terma jamoa futbolçilariga avval vaʼda qilingan villalar albatta topşirilişini maʼlum qildi. Bu haqda “Sol Haber” naşri xabar berdi.
Hojiusmonöğlining aytişiça, futbolçilar uçun atalgan villalarning quriliş loyihasi uçun barça zarur ruxsatnomalar olingan va işlar yaqin vaqt içida boşlanadi.
“Barça zarur ruxsatnomalar olingan va quriliş işlari tez orada boşlanadi. Men vaʼdamni albatta bajaraman va bu villalarni futbolçilarga topşiraman. Biz FIFA’dan 14 million dollar miqdorida bonus oldik. Öz mablağimizdan yana 2 million dollar qöşdik. Uşbu mablağ saralaş bosqiçida milliy terma jamoaga jalb etilgan barça futbolçilar örtasida teng taqsimlandi. Keyin esa jamoa sardorlari har bir futbolçidan maʼlum qismini yiğib, bonuslarni içki kelişuv asosida qayta taqsimlaşdi”, dedi federatsiya rahbari.
Avvalroq, 2026 yil mart oyida Ibrohim Hojiusmonöğli Turkiya terma jamoasi futbolçilariga Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritganlari uçun şaxsiy mablağlari hisobidan Bodrum şahridan haşamatli villa sovğa qilişini vaʼda qilgan edi. Keyinçalik hal qiluvçi pley-off bahsidagi ğalabadan söng, u har bir futbolçiga qöşimça ravişda 1 million yevrodan mukofot puli ham berilişini eʼlon qilgan.
Turkiya milliy terma jamoasi esa 2026 yilgi Jahon çempionatida kutilgan natijani qayd eta olmadi. Jamoa “D” guruhida 3 oçko bilan sönggi örinni egalladi. Vinçentso Montellaning şogirdlari Avstraliyaga (0:2) va Paragvayga (0:1) mağlub bölib, muddatidan avval pley-off imkoniyatini yöqotdi. Sönggi turda esa turnir mezboni AQŞni Kaan Ayhanning 98-daqiqadagi goli evaziga 3:2 hisobida mağlub etdi.









