Kelgusi öquv yilidan boşlab davlat oliy taʼlim muassasalaridagi «Ijtimoiy iş» mutaxassisligi böyiça ayrim toifa kişilar tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi.
Bu haqda Hukumatning joriy yil 14 oktyabrda imzolangan «Aholining ijtimoiy himoya oliş huquqlarini taʼminlaş hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini körsatişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida belgilab qöyildi.
Qarorga muvofiq, 2024/2025 öquv yilidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ötkaziladigan «Eng faol ijtimoiy xodim» körik tanlovining viloyat bosqiçida ğolib bölgan ijtimoiy xodimlar davlat oliy taʼlim muassasalariga «Ijtimoiy iş» mutaxassisligi böyiça tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi.
ŞUningdek, 2024 yil 1 yanvardan I guruh nogironligi bölgan şaxsga yoki 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolaga, şuningdek, davolaş muassasasining xulosasiga köra özgalarning parvarişiga muhtoj bölgan 80 yoşga tölgan qariyalarga qarab turişning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba örganiladi va örganiş maʼlumotlari «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali yuritib boriladi.









