Xotin-qizlar uçun 500 ta davlat granti beriladi

Xotin-qizlar uçun 500 ta davlat granti beriladi

Bugungi kunda poytaxt oliygohlarida 250 ming talaba taʼlim olmoqda. Kelgusi beş yilda bu körsatkiç 2 barobarga oşadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev maʼlum qilib ötdi.

Amaldagi davlat rahbarining taʼkidlaşiça, oliy taʼlim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oşiriladi:

  • bugungi uçraşuv ötkazilayotgan «Yoşlar şaharçasi»ning quvvatlari kengaytiriladi va uning infratuzilmasi yangilanadi;
  • Yangi Özbekiston köçasi böylab, bir neçta oliygohlarni boğlagan holda, 25 ming örinli kampuslar taşkil etiladi;
  • kamida 20 ta oliygoh taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi;
  • Milliy universitet va Texnika universitetini jahonning nufuzli reytinglariga kirişi böyiça alohida dastur qabul qilinadi;
  • kelgusi beş yilda zarur böladigan yangi kasblar böyiça, nufuzli xorijiy universitetlar bilan birga, kamida 10 ta yangi oliygoh taşkil etilib, amalda işlab turganlari bilan, ularning jami soni 31 taga yetadi;
  • magistraturada taʼlim oliş uçun, Toşkent şahridagi xorijiy va nodavlat oliygohlarga – 200 ta hamda xotin-qizlar uçun davlat oliygohlariga 500 ta davlat granti beriladi;
  • har bir talabaga oyiga 5 Gigabayt bepul internet beriladi.
×