Öquvçilarga darslarga qatnaşgani uçun ming dollargaça beriladi

Öquvçilarga darslarga qatnaşgani uçun ming dollargaça beriladi

AQŞning Detroyt şahrida maktab öquvçilarini darslarga aʼlo darajada qatnaşgani uçun moddiy rağbatlantiriş dasturi uzaytirildi va kengaytirildi. Bu haqda “Chalkbeat Detroit” naşri xabar berdi. Qayd etilişiça, qoldirilmagan har bir öquv haftasi uçun yuqori sinf öquvçilariga nominali 100 dollar bölgan elektron sovğa kartalari beriladi. Bir oy davomida intizomli öquvçi 400 dollar işlab topadi, qişki 10 hafta uçun maksimal tölov esa 1 ming dollarga yetmoqda.

Moliyaviy rağbatlantiriş yuqori samaradorlikni körsatgan: 2026 yilning yanvar oyidan mart oyigaça 12 ming 800 ga yaqin yuqori sinf öquvçilari yoki okrugdagi jami yuqori sinf öquvçilarining 84 foizi pul mukofotlarini olgan. Natijada yuqori sinf öquvçilari örtasida darslarni surunkali qoldiriş darajasi 64 foizdan 54 foizgaça kamaygan.

2026-2027 öquv yilida dastur 6–8-sinf öquvçilariga ham tatbiq etiladi. Ularga qoldirilmagan har bir hafta uçun 50 dollardan tölanadi.

Maktab okrugi 1 milliard 100 million dollarlik umumiy byudjetdan dars qoldirişga qarşi kuraşiş çora-tadbirlariga jami 13 million 900 ming dollar ajratgan. 

Asosiy tölovlar anʼanaviy ravişda yanvar-mart oylariga töğri keladi, çunki bu davrda sovuq havo va mavsumiy kasalliklar sababli davomat tuşib ketadi. Şu bilan birga, qoidalar avvalgidagidek qolmoqda: duşanbadan jumagaça uzrsiz sabab bilan qoldirilgan yagona dars ham joriy hafta uçun tölovni töliq bekor qiladi.


Teglar:
×