Xalq maslaxatçilari odil sudlovni amalga oşirişda xalq maslahatçilari sudyaning barça huquqlaridan foydalanadilar. Ular sud majlisida işni köriş jarayonida kelib çiqadigan hamma masalalarni hal qilişda va hukm çiqarişda raislik qiluvçi bilan teng huquqqa egadirlar.
Iş birinçi instantsiya sudi tomonidan hayʼatda körilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatçisi kiradi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi
13-moddasida jinoyat işlarini hayʼatda va yakka tartibda körib çiqiş tartibi belgilangan.
Jinoyat işlari hayʼatda köriladi, Jinoyat kodeksi
15-moddasining ikkinçi — törtinçi qismlarida nazarda tutilgan (ijtimoiy xavfi katta bölmagan, unça oğir bölmagan va oğir) jinoyatlar töğrisidagi işlar esa, sudya tomonidan yakka tartibda köriladi.
Agar sudya tomonidan yakka tartibda körib çiqilayotgan jinoyat işi böyiça sud muhokamasi vaqtida Jinoyat kodeksi 15-moddasining beşinçi qismida nazarda tutilgan (öta oğir) jinoyatlar sodir etilganligini körsatuvçi holatlar aniqlansa, işning körilişi uni yakka tartibda körib çiqişni boşlagan sudya tomonidan davom ettiriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati işlarni rayosat aʼzolarining köpçiligi hozir bölgandagina körib çiqadi.
Uşbu moddaning ikkinçi qismida iş birinçi instantsiya sudi tomonidan hayʼatda körilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatçisi kirişi, uçinçi qismida esa odil sudlovni amalga oşirişda xalq maslahatçilari sudyaning barça huquqlaridan foydalanişi, ularning işni köriş jarayonida kelib çiqadigan hamma masalalarni hal qilişda va hukm çiqarişda raislik qiluvçi bilan teng huquqqa ega ekanligi belgilangan.
Mazkur qoidalarni eʼtiborga oladigan bölsak, sud tomonidan hukm, qaror yohud ajrimlar qabul qilişda xalq maslahatçilari ham sudyalar bilan teng huquqlarga egadirlar.
Jumladan, “Sudlar töğrisida” Qonunga köra, öttiz beş yoşdan kiçik bölmagan, fuqarolarning yaşaş yoki iş joyidagi yiğilişlarida oçiq ovoz beriş yöli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Özbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatçisi bölişi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni ötayotgan, saylov kunida öttiz beş yoşga tölgan, harbiy qismlar harbiy xizmatçilarining yiğilişlarida oçiq ovoz beriş yöli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Özbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatçisi bölişi mumkin.
Har bir sud uçun xalq maslahatçilari soni sudyalarning tegişli malaka hayʼatlari tomonidan belgilanadi.
Xalq maslahatçilari sudlardagi vazifalarini bajariş uçun yiliga köpi bilan ikki haftaga navbatma-navbat çaqiriladi, ularning iştirokida boşlangan sud işini körişni tugallaş zarurati bu muddatni uzaytirişni taqozo etgan hollar bundan mustasno. Şu davrda ularning iş joyidagi örtaça iş haqi saqlanib qoladi.
Sudda öz vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatçilariga sudyalar daxlsizligining barça kafolatlari tatbiq etiladi.
Yaʼni, xalq maslahatçisining daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga,
xat-xabarlariga, unga tegişli aşyolar va hujjatlarga taalluqlidir.
Xalq maslahatçilarini vakolatlari muddatidan ilgari quyidagi holatlarda tugatlişi mumkin;
1) yozma ariza bergan taqdirda;
2) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan taqdirda;
3) Özbekiston Respublikasi fuqaroligini yöqotgan taqdirda;
4) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan taqdirda;
5) sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
6) soğliği holatiga yoki boşqa uzrli sabablarga köra uzoq vaqt mobaynida vazifasini bajarişga qodir bölmay qolgan taqdirda.
Şuxratjon Qurbonov,
JIB Yangiqörğon tuman sudi raisi









