Toşkentda 5 yaşar qiz hojatxonaga tuşib ketdi

Toşkentda 5 yaşar qiz hojatxonaga tuşib ketdi

Toşkent şahrining Yunusobod tumanida 5 yoşli qiz hovlidagi hojatxonaga tuşib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.


Maʼlum qilişiça, hodisa 25 iyun kuni soat 17:33 da Yunusobod tumani Obiravon köçasidagi uylardan birida sodir bölgan. 2021 yilda tuğilgan qizaloq ehtiyotsizlik oqibatida hovlidagi hojatxonaga tuşib ketgan.

FVV qutqaruvçilari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan va qutqaruv işlarini boşlagan. Qutqaruvçilardan biri hojatxona çuquriga tuşib, qizaloqni olib çiqqan. Şifokorlar tomonidan bolaga zarur tibbiy yordam körsatilgan. Şundan söng u yaqinlariga topşirilgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxşi ekani maʼlum qilingan


Teglar:
×