Ayol boşqaruvidagi «Spark» jarlikka tuşib ketdi

Ayol boşqaruvidagi «Spark» jarlikka tuşib ketdi

2021 yilning 1 oktyabr kuni Toşkent viloyati Böstonliq tumanidan ötuvçi Toşkent-Çimyon yölining 76 kilometrida özining «Spark» rusumli avtoulovida Bildirsoy hududida harakatlanib ketayotgan O.N. ismli ayol kutilmaganda boşqaruvni yöqotib, 150 metr jarlikka tuşib ketgan.

Voqea yuzasidan xabar soat 12:35 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Çimyon yonğin-qutqaruv otryadiga kelib tuşgan. Şunga köra, bir guruh qutqaruvçi voqea joyiga yetib borib, haydovçi ayolga zarur amaliy va psixologik yordam körsatgan hamda avtoulov jarlikdan tortib çiqarilgan.

Fuqaro xavfsizlik kamaridan foydalanib harakatlanganligi va avtoulov xavfsizlik yostiqçalarining öz vaqtida işga tuşganligi sababli heç qanday tan jarohati olmagan.

×