Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Çilonzor tumanida profilaktika inspektori yarim keçasi 13 yoşli bolani uşlab, qöllarini qayiltirib, özining Matiz rusumli avtomobiliga sudrab ketayotgani aks etgan video va xabar tarqaldi. Profilaktika inspektorining avtomobili raqami boşqa hududga tegişli bölgan.
Bola tabiiy ravişda odamlarni yordamga çaqirib, vahima kötargan. Yon atrofda yaşovçi odamlar bolaning ovozini eşitib köçaga çiqqan. Profilaktika inspektori bu bola yarim keçasi boşqalarning uyiga kirib yurganini aytgan.
Yiğilgan fuqarolardan biri bolaning onasiga qönğiroq qilgaç, inspektor bolani maşinasida, nomaʼlum tomonga olib ketgan. Avtomobilga atrofdagi fuqarolardan biri ham çiqib olgan. Holatni suratga olib turgan fuqaro maşinaning ortidan borgan.
Profilaktika inspektoriga yordamga kelgan bir guruh esa vaziyatga sodda qilib: “bu yerda şovqin soliş kerakmas” deb izoh bergan.
Bola qöyib yuborişgaç, profilaktika inspektori uni urib, tepkanini aytdi. U axlat taşlaydigan joy tarafdan kelayotgan bölgan. Inspektor uni savolga tutgaç, qörqib, boşqa uy podʼezdiga kirib ketgan. Içki işlar xodimi esa uni taʼqib qilib, keyinroq maşinasiga sudray boşlagan.
Hozirda holat yuzasidan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan suriştiruv boşlangan. IIBB Matbuot kotibi Irina Sayfutdinovaning maʼlum qilişiça, vaziyatni boşqarma boşliği nazoratga olgan. Profilaktika inspektorining xatti-harakatiga printsipial baho beriladi.









