Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Toşkent şahridagi köpqavatli uylarning birida 5-qavat derazasida yoş bola osilib qolgani va pastlikka tuşib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Videodan bolani uy derazasi panjarasiga osilib qolgani, qança harakat qilmasin, baribir tepa qavatdan tuşib ketganini köriş mumkin. Pastga qulaşda u ikkinçi qavat derazasi ustidagi tomçaga urilgan, söng uni bir neça kişi matoda tutib olişgan.
Eslatma: Asabi böşlar videoni körmasin!
Uşbu hodisa va bolaning soğliği haqida hali rasmiy xabar berilgani yöq.
Avvalroq Çilonzor tumanida bir yarim yoşli bola buvisining uyida bölgan vaqtda qarovsiz qolganida, tokçaga çiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan pastga tuşib ketgandi.
Hurmatli ota-onalar! Yoş bolalaringizni uyda yolğiz qoldirmang.









