Ozarbayjonning Zangilon tumanida Davlat çegara xizmati (DÇX) harbiy xizmatçisi piyodalarga qarşi minani bosib, portlab ketdi. Bu haqda “Kavkazskiy Uzel” naşri xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, keça, 30 sentyabr kuni soat 15:00 da çegara qöriqçisi, kiçik serjant Elgyun Elxan öğli Nazarxanli Zangilon tumanida xizmatda bölganida, piyodalarga qarşi mina portlaşi oqibatida yaralangan. Harbiy xizmatçiga birinçi tibbiy yordam körsatilgaç, vertolyot bilan Fuzuli tumani Ahmedbeyli qişloğidagi harbiy gospitalga yetkazilgan. Hozirda u şifokorlar nazorati ostida.
Ozarbayjon Boş prokuraturasi maʼlumotlariga köra, Ozarbayjon va Armaniston örtasidagi harbiy mojarodan söng, 2020 yil 10 noyabrdan beri mina portlaşi oqibatida 23 kişi halok bölgan, 36 ta tinç fuqaro jarohatlangan.
Qoraboğ mojarosi
2020 yilning 27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston örtasidagi Qoraboğ uruşi qayta olovlandi.
Rasmiy Bakuga köra, Armaniston Qurolli Kuçlari 2020 yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boşlab Ozarbayjonga qarşi keng kölamli provokatsiyalarni amalga oşirdi, butun front böylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, şuningdek, oldingi çiziq zonasida joylaşgan aholi punktlarini öqqa tutdi.
Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuçlari tomonidan boşlanganini aytdi. Ozarbayjon esa qurolli töqnaşuvga nisbatan javob hujumlari boşlaganini rasman eʼlon qilib, Armaniston çegarasidagi tinç aholi vakillarini çegara hududlaridan çetga çiqişlarini söradi.
Holat böyiça Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan çiqib, töqnaşuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.
Nikol Paşinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik eʼlon qildi. Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati eʼlon qiliş haqidagi farmonga imzo çekdi. Şuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik eʼlon qiliş haqidagi hujjatni imzoladi.
Noyabr oyiga kelib Ozarbayjon Qurolli Kuçlari Toğli Qoraboğdagi muhim hududlarni, jumladan strategik jihatdan ahamiyatli bölgan Şuşa şahrini öz nazorati ostiga oldi. Uşbu harbiy harakatlar 2020 yilning 9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan örtasida imzolangan qöşma bayonot bilan öz yakuniga yetdi. Sulh bitimiga köra, 10 noyabr soat 00:00 dan boşlab Qoraboğda harbiy harakatlar butunlay töxtatildi, Armaniston Toğli Qoraboğdagi 3 ta hududni Ozarbayjonga qaytariş majburiyatini oldi.









