«Prezidentlikka Alişer Qodir…» — Alişer Qodirov saylov kampaniyasini boşladi

«Prezidentlikka Alişer Qodir…» — Alişer Qodirov saylov kampaniyasini boşladi

20 sentyabrdan Özbekiston Prezidentiligiga nomzodlarning saylovoldi taşviqoti boşlandi. «Gazeta.uz»ning yozişiça, «Milliy tiklaniş» partiyasidan prezidentlikka nomzod bölgan Alişer Qodirov öz saylov kampaniyasini boşlab yuborgan.
Saylov kodeksiga köra, saylovoldi taşviqoti nomzodlarni röyxatga oliş uçun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boşlanadi. Bu kun 19 sentyabrga töğri kelgan. Şu munosabat bilan, «Milliy tiklaniş» partiyasidan prezidentlikka nomzod bölgan Alişer Qodirov öz saylov kampaniyasini boşlagan. Nomzodning «Alişer Qodir…» şiori ostidagi bannerlari va eʼlon qilingan videorolikni köriş mumkin.

«Oqni oq, qorani qora deymiz. Haqiqatga tik boqamiz. Muammolarni tan olamiz va barçasini bugun özgartiramiz. Özbekistonni özgartirişga qodir — Alişer Qodirovga ovoz bering», — deyiladi rolikda.

Ijtimoiy tarmoqlarda erta tongdan Alişer Qodirov tasvirlangan banner muhokama qilinmoqda va birinçi qaraşda «Prezidentlikka Alişer Qodir» — «Alişer prezidentlikka qodir» kabi öqiladigan sözlar tasvirlangan. Yaxşilab eʼtibor berilsa, töliq matn paydo böladi: «Prezidentlikka nomzod Alişer Qodirov» degan sözlarni köriş mumkin.

Şuningdek, bugun, 20 sentyabr kuni soat 17:00 da Samarqand şahridagi «Registon» maydonida Alişer Qodirovning ilk mitingi bölib ötadi. Iyun oyida bergan intervyusida Alişer Qodirov bölajak saylovlarda partiyaning «muqobil ğoyasi bölişi»ni aytgan edi. Unda u hamma narsada ham hamfikr emasligini taʼkidlagandi.


×