Messi rekord sari yuradi: ikkinçi turning eng muhim 4 uçraşuvi

Messi rekord sari yuradi: ikkinçi turning eng muhim 4 uçraşuvi

Bugun, 2026 yilgi Jahon çempionatida guruh bosqiçining ikkinçi tur uçraşuvlari boşlanmoqda. Dastlabki turda öz kuçini namoyiş etgan favoritlar keyingi bosqiç yöllanmasi sari yana bir muhim qadam taşlaş imkoniyatiga ega bölsa, omadsiz start olgan jamoalar uçun har bir oçko hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.


Navbatdagi öyinlar orasida Argentina – Avstriya, Frantsiya – Iroq, Norvegiya – Senegal hamda Iordaniya – Jazoir qarama-qarşiliklari bölib ötadi. Lionel Messi navbatdagi tarixiy rekord ostonasida turgan bölsa, Kilian Mbappe Frantsiya bilan pley-off yöllanmasini muddatidan avval hal qilişni közlamoqda.


Şu bilan birga, Senegal, Iroq, Iordaniya va Jazoir kabi jamoalar uçun mazkur tur taqdirni hal qiluvçi ahamiyatga ega bölişi mumkin.


Argentina – Avstriya

Bugungi, 22 iyun kungi uçraşuvlarni boşlab beradigan bahs Toşkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Argentina terma jamoasi mundialni işonçli tarzda boşladi va birinçi turda Jazoirni 3:0 hisobida mağlub etdi. Bu ğalaba Lionel Skaloni şogirdlari uçun ketma-ket sakkizinçi muvaffaqiyat böldi va ularning turnir favoritlaridan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi. Amaldagi jahon çempionlari mundiallardagi mağlubiyatsiz seriyasini yetti öyinga yetkazdi – beş ğalaba va ikki durang.


Jamoa sardori Lionel Messi esa navbatdagi tarixiy rekord ostonasida turibdi. Agar u Avstriya darvozasini işğol qilsa, Jahon çempionatlari tarixidagi gollari sonini 16 taga yetkazadi va Miroslav Klozening rekordidan özib ketadi. Şuningdek, Messi ketma-ket oltita mundial öyinida gol urgan tarixdagi uçinçi futbolçiga aylanişi mumkin.


Avstriya ham turnirni muvaffaqiyatli boşladi. Ralf Rangnik jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mağlub etdi. Avstriyaliklar sönggi 12 uçraşuvning 10 tasida ğalaba qozonib, birida durang öynadi va faqat bir marta mağlub böldi.


Frantsiya – Iroq

23 iyun kuniga ötar keçasi Toşkent vaqti bilan soat 00:00 da boşlanadi. Frantsiya terma jamoasi birinçi turda Senegalni 3:1 hisobida mağlub etib, mundialni ğalaba bilan boşladi. Uçraşuv qahramoni bölgan Kilian Mbappe dubl qayd etib, milliy jamoadagi gollari sonini 58 taga yetkazdi va Frantsiya tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylandi.

Bu natija frantsuzlarning yirik xalqaro turnirlardagi ketma-ket yettinçi muvaffaqiyatli starti böldi. Endi Dide Deşam şogirdlari mundialda ketma-ket törtinçi marta dastlabki ikki öyinda ham ğalaba qozoniş imkoniyatiga ega.

Iroq esa 1986 yildan beri ilk bor Jahon çempionatida iştirok etmoqda. Biroq qaytiş muvaffaqiyatsiz keçdi – birinçi turda Norvegiyaga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Şu bois mazkur bahs arab jamoasi uçun hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi.


Norvegiya – Senegal

Ertaga, 23 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 03:00 da boşlanadi. Bu Norvegiyaning 1998 yildan beri ilk jahon çempionati hisoblanadi. Stole Solbakken boşçiligidagi jamoa birinçi turda Iroqni 4:1 hisobida mağlub etib, guruh peşqadamiga aylandi. Norvegiyaliklar rasmiy uçraşuvlardagi ğalabali seriyasini 11 taga yetkazdi va uşbu davr mobaynida raqiblar darvozasiga 50 ta gol urdi.

Senegal ustidan qozoniladigan ehtimoliy ğalaba norvegiyaliklarni pley-off bosqiçiga yanada yaqinlaştiradi va ularga yirik xalqaro turnirlarda ilk bor ketma-ket ikki ğalabaga erişiş imkonini beradi.

Senegal esa birinçi turda Frantsiyaga 1:3 hisobida mağlub böldi. Bu afrikaliklar uçun ketma-ket uçinçi ğalabasiz uçraşuv böldi. Şunga qaramay, jamoaning yoş iqtidori Ibrohim Mbaye tarixga kirdi. U 18 yoş-u 142 kunligida mundialda gol urgan eng yoş afrikalik futbolçiga aylandi. Mutaxassislar uşbu bahsni turning eng teng va qiziqarli uçraşuvlaridan biri sifatida baholamoqda.


Iordaniya – Jazoir

Ertaga, 23 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 06:00 da boşlanadi. Iordaniya uçun bu öz tarixidagi ilk Jahon çempionati hisoblanadi. Biroq debyut muvaffaqiyatsiz keçdi – jamoa birinçi tura Avstriyaga 1:3 hisobida mağlub böldi. Şu tariqa, Iordaniyaning ğalabasiz seriyasi oltita öyinga yetgan. Bu davrda jamoa ikki marta durang öynagan va tört marta mağlub bölgan. Eng xavotirlisi, mazkur olti uçraşuvning har birida osiyoliklar kamida ikkitadan gol ötkazib yuborgan.

Jazoir ham birinçi turda Argentinaga 0:3 hisobida imkoniyat boy berdi. Biroq Afrika vakilida pley-off uçun kuraşni davom ettiriş imkoniyati saqlanib qolgan. Jazoir Jahon çempionatlaridagi sönggi 11 öyinning faqat bittasida ğalaba qozongan bölsa-da, Argentinaga qarşi bahsgaça jamoa barça musobaqalar doirasidagi sönggi töqqiz uçraşuvning yettitasida zafar quçgan edi. Şu sababli mutaxassislar uşbu qarama-qarşilikda Jazoirni favorit sifatida körmoqda.


Maʼlumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionati 2-tur doirasidagi Portugaliyaga qarşi bahsi AQŞning Xyuston şahrida bölib ötadi. Uçraşuv ertaga, 23 iyun kuni ötkaziladi va Toşkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.


Teglar:
×