Sud va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi

Sud va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi

2021 yilning 9 iyun kuni Davlatobod tumanidagi Yuridik texnikumida Yuridik texnikum talaba va öqituvçilari iştirokida Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati sudyalari M.Dedamirzayeva, S.Jöraboyev, sudya katta yordamçisi N.Gapparovalar tomonidan “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining mazmun mohiyatiga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.

Mazkur tadbirda Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati sudyalari M.Dedamirzayeva, S.Jöraboyev sözga çiqib, 2021 yil 27 aprel kuni Özbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi qonuni qabul qilinganligi, mazkur qonunga muvofiq Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining maqomi, xususan  Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi doimiy faoliyat yurituvçi sud hokimiyati organ ekanligi, qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisidagi işlarni körişi,  Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari xususida söz yuritdilar.

Bundan taşqari, maʼruzaçilar Konstitutsiyaviy sudni saylaş, sudyalarning vakolat muddatlari, Konstitutsiyaviy sudning faoliyat tartibi kabi masalalar xususida ham gapirib ötdilar.

Tadbir davomida «Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati» degan kontseptual ğoya asosida aholining barça qatlamlari huquqiy savodxonlikka erişişlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bölişlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qöllay olişlari uçun tizimli va keng qamrovli huquqiy tarğibot tadbirlarini taşkil qiliş davlat organlari va taşkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganligi taʼkidlab ötildi.

Tadbir davomida texnikum bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş hamda sud sohasiga yoş kadrlarni jalb qiliş masalalari muhokama qilinib, mazkur masala tadbir iştirokçilarni qizğin suhbatga çorladi.

Viloyat sudi sudyasi  
M.Dedamirzayeva

×