Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz lavozimiga kirişişiga bağişlangan 2021 yil 6 noyabr kuni bölib ötgan tantanali marosimda muhtaram Prezidentimiz islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini taʼminlaş maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”degan tamoyil asosiy ğoya va boş mezon bölişini taʼkidlagan edilar.

Şu maqsadda, 2022 yil 28 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi töğrisida” gi farmoni qabul qilindi. Bu tarixiy hujjat bölib, mamlakatimizning keyingi beş yillik taraqqiyotida amalga oşiriladigan ustuvor yetti yönaliş hamda uşbu yönalişlarni amalga oşirişga doir maqsadlar belgilandi.

Farmon bilan mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillari taraqqiyotning eng asosiy va zarur şartiga aylantiriş ikkinçi ustivor yönaliş ekanligi, unda qöyidagi:

  • mulkiy huquqlarning daxlsizligini işonçli himoya qiliş hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralaşuvini çeklaş;
  • qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlaş hamda inson qadrini uşbu jarayonning boş mezoni sifatida belgilaş;
  • davlat organlar va mansabdor şaxslarining faoliyati ustidan samarali sud nazoratini örnatiş hamda fuqaro va tadbirkorlik subektlarining odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş;
  • jamoat xavsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning sodir etilişiga sabab bölgan şart-şaroitlarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etişning samarali tizimini yaratiş;
  • huquqni muhofaza qiluvçi organlarning yangi qiyofasini şakllantiriş va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilişga yönaltiriş;
  • sud va boşqa organlar hujjatlarining öz vaqtida va töliq ijrosini taʼminlaş;
  • advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişdagi salohiyatini tubdan oşiriş, şuningdek, aholi va tadbirkorlik subektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bölgan talabini töliq qondiriş;
  • faol fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş hamda fuqarolar örtasida qonunga hurmat va itoat qiliş hissini şakllantiriş kabi maqsadlar belgilandi.      

Taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustivor vazifalarni  amalga oşiriş maqsadida 2022 yil 29 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarining samarali himoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisi” dagi 107-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda maʼmuriy sudlarning birinçi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik subektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini taʼminlaş bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlari samarali himoya qiliş hisoblanişi taʼkidlangan holda, maʼmuriy sudlarning rolini kuçaytirişga qaratilgan bir qator tartiblarni protsessual qonun hujjatlarida belgilaşni, jumladan:

maʼmuriy sud işlarini yuritişni “sudning faol iştiroki” tamoyili asosida amalga oşirişni, bunda huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subekti dalillarni yiğişda faqat öz imkoniyati doirasida iştirok etişga şaroit yaratgan holda, maʼmuriy sudlarga işning haqiqiy holatini aniqlaş uçun öz taşabbusi bilan dalillarni yiğiş majburiyatini yuklaş;

maʼmuriy sudning sudloviga taallluqli işlar doirasini kengaytirib, fuqaro yoki tadbirkorlik subektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib çiqadigan nizo bilan birga unga sababiy boğlanişda bölgan zararni undiriş talabini ham bildiriş huquqini beriş hamda bunday talablarni körib çiqişni maʼmuriy sudlar vakolatiga ötkaziş;

sudning qaror ijrosini muqqarrarligini taʼminlaş, ijro institutini yanada takomillaştiriş maqsadida maʼmuriy sudning hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, sud jarimalarini qöllaş, hal qiluv qarorining takroran ijro qilmaganligi uçun dastlabki qöllanilgan sud jarimasini ösib boruvçi miqdorini qöllaş. Bundan közlangan maqsad sud qarorini amalda ijrosini taʼminlaş ekanligi;

Protsessual huquq nazariyasida taraflar örtasidagi kelişuv instituti işlarni tez va samarali körib çiqilişini taʼminlaydi. Biroq, maʼmuriy sud işlarini yuritiş qonunçiligida taraflar örtasida kelişuvni tasdiqlaş nazarda tutilmagan edi. Mazkur qaror bilan maʼmuriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan işlar böyiça taraflar örtasida yaraşuvga erişiş mexanizmlarini joriy qiliş taklişi ilgari surilmoqda. Bu bilan taraflarni kelişuv bitimi yoki mediativ kelişuvni tuziş yöli bilan nizoni barxam topişiga imkon berilmoqda.

Mazkur qaror bilan şunday tartib belgilanmoqdaki, eng avvalo fuqarolarni va tadbirkorlarni sudda ortiqça sarson bölmasligini oldini oliş maqsadida sudlar tomonidan daʼvo ariza, ariza hamda şikoyatni sudga taalluqli bölmaganligi sababli qabul qilişni rad etiş yoki iş böyiça iş yuritişni tugatişni taqiqlaş, mazkur holatda daʼvo ariza, ariza, şikoyat yoki işlarni ularni körib çiqişga vakolatli sudga ötkaziş yöli orqali yagona darça tamoyilini sudlarga joriy etiş belgilanmoqda.

Fuqarolik protsessul huquqida isbotlaşdan ozod qiliş asoslari berilgan bölib, unga köra sud hammaga maʼlum deb topgan holatlar isbotlaşga muhtoj emasligi belgilangan bölib biroq, maʼmuriy sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar isbotlaşdan ozod qiliş asoslari sifatida körsatilmagan edi. Qonunçilikka berilgan taklif bilan maʼmuriy sudning qonuniy kuçga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlarni boşqa işni körayotgan fuqarolik işlari böyiça sud uçun majburiy ekanligini belgilanmoqda.

Isloxotlardan közlangan maqsad “Inson qadri uçun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oşiriş, tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, inson huquqlari va manfaatlarini sözsiz taʼminlaş hamda faol fuqarolik jamiyatini şakllantiriş ekanligi “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilanmoqda.

“Taraqqiyot strategiyasi” keng jamoatçilik muhokamasi natijasida, xalq bilan oçiq muloqot orqali mamlakat taraqqiyoti uçun amalga oşirilişi lozim bölgan masalalarni har tomonlama örganiş natijasida qabul qilingan bölib, Yangi Özbekistonning taraqqiyoti yölini belgilab beradi.   

Zaripa Qurbonova,
Namangan viloyat maʼmuriy sudi raisi

×