Pepsi bilan ğalaba sari harakat

Pepsi bilan ğalaba sari harakat

okio-2020 Olimpiadasida muvaffaqiyatli iştirok etib, Taekvondo böyiça Özbekiston uçun birinçi oltin medalni qölga kiritgan çempion Uluğbek Raşitov Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Qaşqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida ötgan turneda iştirok etib, yoş sportçilar bilan mahorat darslarida qatnaşmoqda.

MOQ va International Beverages Tashkent hamkorligida taşkil etilgan turneda Olimpiya çempioni Uluğbek Raşitov taekvondo böyiça sport maktablariga taşrif buyurgan. Mazkur maktablar yoş sportçi bolalar çempion bilan şaxsan muloqot qiliş, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oliş va sportçi bilan yaqindan tanişiş, uning muvaffaqiyat sirlarini örganişdek imkoniyatni qölga kiritganlar.

Bolalar bilan nafaqat suhbatlaşgan, balki şaxsiy jang sirlarini oçiqlagan Uluğbek Raşitov, uçraşuv söngida har bir maktabda sportçi bolalarga taekvondo maşğulotlari uçun forma - doboklarni va boşqa sovğalarni taqdim etgan.

Uluğbek Raşitov bolaligidanoq sportga bölgan muhabbat bilan ulğaydi. Bunda esa, ayniqsa, Bryus Li va Van Dam iştirokidagi filmlarning ahamiyati katta. Öşa vaqtlarda mittigina Uluğbek film qahramonlarning tryuklarini takrorlaşga, ular kabi çaqqon va epçil bölişga harakat qilardi. Buni körgan otasi esa öğlini sport tögaragiga olib bordi. Bu Uluğbekning sportga, Olimpiya çempionligiga qöygan ilk qadami edi.

Yoş Uluğbek murabbiy Pavel Xan qölida tahsil oldi va ustozining ögitlari uni Olimpiya şohsupasigaça olib bordi. Uluğbek bolalik xotiralari, sportga kirib keliş tarixi haqida gapirarkan, futbolçi bölişni istaganini ham aytadi:

“Taekvondodan voz keçib, futbolga borişni istagan paytlarim bölgan, çunki, boşlanğiç pallada taekvondoda sezilarli yutuqlarga erişolmaganman. Lekin murabbiy meni har bir mağlubiyatim saboq ekanini aytib, qöyib yubormadi, qöllab-quvvatladi, rağbatlantirdi, şuning uçun men şu yönalişda qolişga qaror qildim va bundan afsuslanmadim”.

Uluğbek Raşitov sportdagi birinçi yirik ğalabaga 2017 yilda erişgan. Öşanda u Atirau şahri (Qozoğiston)da ösmirlar örtasidagi Osiyo çempionatining sovrindori böldi va ikkinçi örinni egalladi.

“2018 yilda ösmirlar Olimpiya öyinlariga yöllanma oliş maqsadida saralaş turniriga tayyorgarlik köra boşladik. Bu musobaqalarda men birinçi örinni qölga kiritdim va Ösmirlar örtasidagi Olimpiya öyinlarida kumuş medal sohibi böldim. Uç kundan söng ösmirlar örtasidagi Jahon çempionati boşlandi va unda 3-örinni egalladim. 2019 yilda esa ösmirlar örtasidagi sönggi musobaqalarda men Osiyo çempioni va 2019 yilning eng yaxşi sportçisi böldim”, deya eslaydi Uluğbek.

Joriy yilda bölib ötgan Tokio-2020 Olimpiadasida qatnaşgan Uluğbek Raşitov öz nomini Özbekiston sporti tarixiga öçmas qilib yozib qöydi. Özbekistonda Olimpiada iştirokçilari, çempionlari köplab topiladi. Ammo bugungaça heç bir sportçi taekvondo sport turi böyiça oltin medalni qölga kiritmagan edi. Uluğbek Raşitov hali yoş bölişiga qaramay, ana şunday masʼuliyatni böyniga olib, jangda iştirok etdi. Omad unga kulib boqdi, mehnatlari zoye ketmadi.

U Olimpiya öyinlari tarixida ilk bor taekvondo böyiça beş jangda qatnaşişi kerak edi. Uluğbek Raşitov Tokio-2020 ning har bir jangida şaraf bilan kuraş olib bordi va oltin medalni munosib ravişda qölga kiritdi.

Raşitov Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Qaşqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlariga qilgan safari davomida yoş sportçilarga oltin medalni qölga kiritiş borasida bosib ötgan maşaqqatli yöli xususida sözlab berdi.

Gap şundaki, sportning turli yönalişlari bilan şuğullanib, öz örnini topişga intilayotgan yigit-qizlar safi Özbekistonda yil sayin kengayib bormoqda. Ularning bu sevimli maşğuloti, köpinça, professional sport karerasi tomon hal qiluvçi qadam bölmoqda. Natijada, sport turlari böyiça yorqin yulduzlarimiz safi kengayib bormoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoşlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etiş, keng jamoatçilik orasida soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş böyiça aniq vazifalarni belgilab bergan. Uşbu vazifalarni bajarişga qaratilgan dasturlarni amalga oşirişda PepsiCo kompaniyasining Özbekistondagi rasmiy bottleri - International Beverages Tashkent ham öz hissasini qöşişga, mamlakatda turli sport yönalişlari, professional futbol, xokkey, boks, oğir atletika va boşqa sport tadbirlarini taşkillaştiriş va ötkazişda faol iştirok etmoqda.

MOQ va International Beverages Tashkent kompaniyasi örtasidagi joriy yilning may oyida imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida respublikada ommaviy sportni faol qöllab -quvvatlaş, iqtidorli va qobiliyatli yoşlarni sport maydoniga jalb qiliş böyiça işlar taşkil etildi. Bu maqsadlarga erişiş uçun Özbekistonning eng yorqin va iqtidorli sportçilari bilan hamkorlik yölga qöyilmoqda.

×