YTH oqibatida tört kişi halok böldi

YTH oqibatida tört kişi halok böldi

Farğona viloyati Furqat tumanida «Jiguli» va Nexia-2 iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida tört kişi halok böldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati maʼlum qilgan.

Qayd etilişiça, mazkur yöl-transport hodisasi 1 noyabr kuni soat 22:00 larda Furqat tumani Qöqonboy qişloği hududida sodir bölgan. A-376 Qöqon—Jizzax avtomobil yölining 10-kilometrida 1992 yilda tuğilgan N.D. boşqaruvidagi Nexia-2 qarama-qarşi yönalişga çiqib, 1985 yilda tuğilgan Yu.M. boşqaruvidagi VAZ-2105 («Jiguli») bilan töqnaşgan.

Oqibatda Nexia-2 haydovçisi N.D. va yölovçisi R.O. tan jarohati olib, hodisa joyida, yana ikki yölovçi — R.K. va M.Ğ. esa şifoxonada vafot etgan. «Jiguli» haydovçisi va ikki nafar yölovçi Furqat tuman şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari davom etmoqda

×