Namanganda ikki Damas töqnaşuvi oqibatda tört yaşar qizaloq halok böldi

Namanganda ikki Damas töqnaşuvi oqibatda tört yaşar qizaloq halok böldi

Namangan viloyatining Çortoq tumanida 23 iyul kuni tongda yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida tört yaşar qizaloq halok böldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, 23 iyul kuni, taxminan, soat 09:30 da Hazratişoh—Çortoq yölining Çortoq tumani «Bodomzor» mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötgan 12-kilometrida 1992 va 1997 yilda tuğilgan haydovçilar boşqaruvidagi ikki Damas iştirokida töqnaşuv yuz bergan.

Viloyat IIB axborotiga köra, YTH 1992 yilda tuğilgan haydovçi harakat xavfsizligini taʼminlay olmagani oqibatida yuz bergan. Hodisa oqibatida Damas’lardan birida (aynan qaysi birida ekaniga aniqlik kiritilmagan) bölgan 1953 yilda tuğilgan ayol tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan, şu Damas’da bölgan 2017 yilda tuğilgan qizça voqea joyida vafot etgan.

Holat böyiça Çortoq tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Maʼlumot uçun, uşbu modda (odam ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) böyiça aybdor deb topilgan şaxslar 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

×