AQŞning amaldagi prezidenti Donald Trampning tarafdorlari Vaşington Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini örab olişdi. Bu haqda dastlab AQŞ senatori Jeyms Lankford xabar bergan.

Natijada Senat va Vakillar Palatasi Arizonadagi sönggi ovoz berişga qarşi eʼtirozlarni muhokama qilgan yiğilişni töxtatgan.
Şuningdek, namoyişçilar va politsiya örtasida töqnaşuvlar röy bergan. Politsiya ularga qarşi közdan yoş sizdiruvçi gazdan foydalangan.
Vaşington meri Myuriel Bauzer hududda komentdantlik soatini joriy etgan.
Şuningdek, politsiya vakili Robert Kontiga köra, tönaşuvlarda tört kişi vafot etdi.

Voqealar fonida AQŞning saylangan prezidenti Jo Bayden amaldagi rahbar Trampdan TV orqali murojaat yöllaş va tartibsizliklarni töxtatişga çaqirdi. Trampning ulkan auditoriyaga ega Tvitter sahifasi esa bloklab qöyilgan.









