Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan şaxsga nisbatan qiynoq qöllanilayotgani va undan majburiy körsatma olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) xabar berdi.
Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) töğrisida”gi qonunga muvofiq joyiga çiqqan holda örganiş işlarini amalga oşirgan. Örganiş davomida murojaatda körsatilgan şaxs bilan xoli tarzda suhbat ötkazilgan, uning saqlaniş şaroitlari, murojaatda keltirilgan vajlar, şuningdek, tanasida tan jarohatlari alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi örganilgan.
Maʼlum qilinişiça, holat yuzasidan 4-son Tergov hibsxonasining ayrim xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekşiruv harakatlari boşlangan. Şuningdek, murojaatda körsatilgan şaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Örganiş davomida töplangan hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida protsessual tartibda körib çiqiş uçun Buxoro viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.
“Ombudsman mazkur holat yuzasidan örganiş natijalarini vakolati doirasida nazorat qilib boradi”, deyiladi xabarda.









