Toşkent şahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan 2023 yilning 12 avgust kuni tezkor-qidiruv tadbiri doirasida bosqinçilik va boşqa jinoyatlar uçun gumonlanib olib kelingan fuqaro D.U. şu kuni IIBB maʼmuriy binosida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Boş prokuratura bayonotiga köra, D.U.ning ölimi sababini aniqlaş yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari ötkaziş zarurati tuğilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) va 235 (Qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









