Ijtimoiy tarmoqlarda Farğonada IIB xodimlari öqituvçini kaltaklab, uni bir oyoqda turişga majburlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Farğona viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 26 iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslaşgan umumtaʼlim maktabida kompyuter öğirlanişi bilan boğliq xolat sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xuzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Xabarda keltirilganidek IIO xodimlari jismoniy tarbiya öqituvçisi Şuhrat Jörayevni qiynoqqa solganlik bilan boğliq holati yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Şuningdek viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda.
Tekşiruvlar yakuniga köra, qöşimça xabar beriladi.









