Rossiya Çeçenistondan yangi jangçilar va yollangan sobiq mahkumlarni Ukrainaga yuboradi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi
Agentlikning Yevropa razvedkasidagi manbalarga tayanib xabar berişiça, hozirgi kunda Rossiya qömondonligining maqsadi "Vagner" xususiy harbiy şirkati ketganidan keyin frontdagi böşliqlarni töldirişdir.
"Vagner" xususiy harbiy şirkati yollanma askarlari bu hududni tark etgandan söng, Baxmut hududiga qöşimça rus kuçlari ötkazilganligi sababli, Ukraina janubidagi bosib olingan hududlarda rus qöşinlarining yetişmasligi yuzaga keldi. Bundan taşqari, Rossiya rasmiylari şu yöl bilan umumiy safarbarlikdan qoçiş niyatida, deb yozadi Bloomberg.









