Toşkentda talaba qiz va Xitoy fuqarosi piçoqlab öldirildi

Toşkentda talaba qiz va Xitoy fuqarosi piçoqlab öldirildi

Toşkent şahrining Sergeli tumanida 2004 yilda tuğilgan qiz va uning tanişi bölgan 51 yoşli xitoylik erkak 1998 yilda tuğilgan şaxs tomonidan piçoqlab öldirildi.


Manbaga köra, joriy yilning 21 may kuni Toşkent şahar Sergeli tumanida 1998 yilda tuğilgan fuqaro Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi – 2004 yilda tuğilgan qiz va uning tanişi – 1975 yilda tuğilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosini raşk sababli piçoqlagan. Maʼlumotlarga köra, piçoqlangan xitoylik şaxs voqea joyida vafot etgan, talaba qiz esa voqeadan ikki kun ötib, joriy yilning 23 may kuni şifoxonada jon bergan. Uşbu holatni Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov tasdiqladi. 

Maʼlumotlarga köra, piçoqlangan qiz oliygohning talabalar turar joyida yaşagan. Hozirça mazkur holat yuzasidan universitet heç qanday rasmiy munosabat bildirmadi.

Mazkur holat yuzasidan örindoş öqituvçiga nisbatan Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×