Buyuk Britaniyaning Şeffild şahrida yangi tuğilgan qizaloq 15 marta piçoqlanib, jami 33 ta jarohat bilan ölik holda topildi. Çaqaloqni öldirişda ayblanayotgan tört kişi, jumladan, uning 20 yoşli onasi Andrea Skopova sudga tortildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 20 yoşli Andrea Skopova, 19 yoşli Piter Xorvat, 38 yoşli Piter Xorvat va 37 yoşli Nina Xorvatova Slovakiya fuqarolari bölib, yangi tuğilgan qizaloqni öldirişda ayblanmoqda.
Çaqaloq dastlab ayblov hujjatlarida “Baby S” deb körsatilgan. Keyinçalik şu hafta boşida Şeffildda boşlangan tergov doirasidagi sud majlisida uning ismi Mariya Skopova ekani maʼlum qilingan.
Sudda prokuror çaqaloqning tanasida 33 ta jarohat bölganini, unga 15 marta alohida piçoq sançilganini aytgan. Jarohatlar qizaloqning yuzi hamda tanasining old va orqa qismiga yetkazilgan.
Çaqaloqning jasadi joriy yilning 30 avgust kuni Janubiy Yorkşirning Şeffild şahridagi Uinkobank hududida joylaşgan uyga qaraşli qöşimça binoda, kir yuviş maşinasi ustidan topilgan. U soçiqqa öralgan va kök rangli sumkaga solingan bölgan.
Prokurorning aytişiça, Skopova çaqaloqning onasi, uning otasi esa nomaʼlum. Skopovaning sevgilisi Piter Xorvat ayblanuvçilardan biri bölgan. Xorvat qolgan ikki katta yoşli sudlanuvçi – Xorvat va Xorvatovaning öğli. Biroq sudda Xorvat çaqaloqning otasi emasligi aytilgan.
Tört nafar katta yoşli sudlanuvçiga bolaning ölimiga sabab bölgan yoki uning ölimiga yöl qöyganlik hamda jinoyat sodir etilgan joyni tozalab, odil sudlov jarayoniga tösqinlik qilganlik böyiça qöşimça ayblovlar ham qöyilgan.
Şuningdek, 15 yoşli qiz ham ayni sud majlisida odil sudlov jarayoniga tösqinlik qilişda ayblanib, sudga olib çiqilgan. Uning şaxsi qonun böyiça oşkor etilmagan.
Sudlanuvçilar keça, 2 oktyabr kunidagi majlisda ularga qöyilgan ayblovlarni na tan olgan, na rad etgan. Şu bilan birga, keyingi sud majlisi joriy yilning 14 dekabriga belgilangan. Sudya Jeremi Riçardson barça sudlanuvçilarni hibsda qoldiriş haqida qaror çiqargan.
Maʼlum qilinişiça, iş böyiça asosiy sud jarayoni 2027 yil 12 apreldan boşlanişi va olti-yetti hafta davom etişi kutilmoqda.









