Toşkentda 21 yoşli yollanma işçi piçoqlab öldirildi

Toşkentda 21 yoşli yollanma işçi piçoqlab öldirildi

Keça, 27 sentyabr kuni Toşkent şahrida fuqaro akasining uyida özi bilan birga işlayotgan ustani piçoqlab, öldirib qöydi. Bu haqda Respublika Boş prokurorining matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilişiça, poytaxtning Yangihayot tumanida 1993 yilda tuğilgan fuqaro M.Z. (muqaddam sudlangan) akasining uyida özi bilan birga işlayotgan, 2000 yilda tuğilgan yollanma işçi F.S. bilan janjallaşib qolgan. Mast holatda bölgan fuqaro M.Z. oşxona piçoği bilan fuqaro F.S. ning turli sohalariga bir neça marotaba urib, qasddan öldirgan.

Xabarga köra, 27 sentyabrning özidayoq Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Z. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.

×