Sankt-Peterburgda Özbekiston fuqarosi piçoqlab ketildi

Sankt-Peterburgda Özbekiston fuqarosi piçoqlab ketildi

Sankt-Peterburgning Petrograd tumanida 22 yaşar Özbekiston fuqarosi piçoqlangan holatda topildi. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar bermoqda. 

Huquqni muhofaza qiliş organlaridagi manbaning OAVga maʼlum qilişiça, joriy yilning 6 aprel kuni soat 16:30 atrofida Xare orolida joylaşgan "Koryuşka" restorani yaqinidan bir kişi piçoqlangan holatda topilgan.  

Voqea joyiga yetib kelgan huquqni muhofaza qiluvçi xodimlar qorin böşliği piçoq bilan yaralangan şaxs 22 yoşli Özbekiston fuqarosi ekanini aniqlagan. 

Yigit rus tilini yaxşi bilmasligi sababli heç narsani tuşuntirolmagan. U oğir ahvolda Yelizavet şifoxonasiga yotqizilgan. 

Biroz vaqt ötgaç, Çkalovskiy prospektida 21 yaşar özbekistonlik uşbu oğir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib hibsga olingan. 

Ayni paytda jinoiy iş qözğatiş masalasi hal qilinmoqda.

×