Namangan viloyatida davlat qaramoğidagi bolalarga 200 AQŞ dollari miqdorida hayitlik mablağlari ajratildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Prezidentning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va mehr-saxovat tadbirlarini samarali taşkil etiş töğrisida”gi PQ–196-son qarori asosida joylarda keng kölamli ezgu işlar amalga oşirilmoqda.
“Mazkur qarorga muvofiq, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam körsatiş, mehr va eʼtiborni yanada kuçaytirişga alohida ahamiyat qaratilmoqda”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, respublika böyiça 8 mingdan ortiq yetim bolalar hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan, Özbekiston sarhadlarini himoya qiliş yölida halok bölgan askarlarning farzandlari omonat hisobvaraqlariga 200 AQŞ dollari miqdorida mablağ ötkazilişi belgilangan.
Xususan, Namangan viloyatida 521 nafar yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning omonat hisobvaraqlariga uşbu mablağlar ötkazib berilgan.
Bildirilişiça, mazkur xayrli tadbirlar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratilgan mablağlar hisobidan moliyalaştirilmoqda.









