Avvalroq, Toşkent şahridagi boğçalarning birida tarbiyaçi bolaning oğziga latta tiqib, qiynagani va keyinroq mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu hodisa ortidan “Rayyan Kids Land” boğçasining faoliyati töxtatildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 14 iyul kuni Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining javobgar “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilişga oid huquqiy taʼsir çorasini qöllaş töğrisidagi arizasi körib çiqilgan.
Muhokama yakunida sudning hal qiluv qarori bilan qayd etilgan oilaviy korxonaga (nodavlat taʼlim xizmatlarini körsatiş faoliyatini amalga oşiriş uçun) 2025 yil 13 avgustda berilgan litsenziya bekor qilingan.
Şuniingdek, raislik qiluvçi tomonidan sud hujjati mazmuni hamda unga nisbatan şikoyat qiliş tartibi va muddatlari tuşuntirilgan.









