Andijonda qiz bolaga gap otgan erkak kasalxonada jon berdi

Andijonda qiz bolaga gap otgan erkak kasalxonada jon berdi

Andijon. 18 yoşli O.N., özining yaxşi körgan qiziga gap otganligi uçun 30 yoşli J.Ö., bilan özaro janjallaşganligi oqibatida 2020 yilning 25 iyul kuni soat 22:30 da Asaka tumani Qipçoq MFY hududida O.N., qölida bölgan temir bölagi bilan J.Ö., ning boş qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada J.Ö., oğir tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyini közdan keçiriş davomida, O.N., tomonidan J.Ö., ga tan jarohati yetkazilgan bir dona temir bölagi aşyoviy dalil tariqasida örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat  işi qözğatilgan.

Jinoyat işi böyiça O.N., gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida uşlangan.

Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.Ö., joriy yilning 27 iyul kuni şifoxonada vafot etgan.

Jinoyat işi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) qayta malakalangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

×