Namanganda qaysi tizimga neça million dollardan ajratilişi maʼlum qilindi

Namanganda qaysi tizimga neça million dollardan ajratilişi maʼlum qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Namangan viloyat faollar yiğilişida iştirok etmoqda. Maʼlum qilinişiça, viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxşilaş uçun bir qator çora-tadbirlar köriladi.

Xususan, Namangan viloyati uçun qöşimça ravişda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan 60  million dollar ajratiladi. Namangan şahrining issiqlik tizimi 15 mln. dollar evaziga qayta qurilsa, eski şahar infrastrukturasini yaxşilaş, aholi bandligini taʼminlaş, şahardagi Yangiariq, Şimoliy Farğona kanallari va Namangansoy qirğoqlarini obodonlaştirişga 10 mln. dollar beriladi.

Şuningdek: 

  • kiçik va yoşlar sanoat zonalarini rivojlantirişga 5 mln. dollar,
  • içki va ziyorat turizmini rivojlantirişga 5 mln. dollar,
  • «mahallabay» işlaş orqali aniqlangan drayver loyihalarni moliyalaştirişga 10 mln. dollar,
  • limonçilikni rivojlantirişga 10 mln. dollar,
  • kreditlarning foiz tölovlarini bir qismini qoplaşga 5 mln. dollar yönaltiriladi.

«Mahallabay» işlaş tizimida yana bir muhim masala bu sektorlarning javobgarligi va masʼuliyatidir. Agar sektor rahbarlari yuqorida aytilgan işlarni töğri taşkil etsa, Namangan viloyatida umuman kambağallik bölmaydi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

×