Inson umrining körki va mazmuni farzanddir. Jajji va qalbi beğubor bolajonlarni ardoqlaş, soğlom östiriş, turli xurujlardan asraş, ularga taʼlim-tarbiya beriş kattalarning muqaddas burçi hisoblanadi.

Özbek xalqi azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir göşasiga bormang, bolalarga körsatilayotgan ğamxörliklarning guvohi bölasiz. Farzandlar közidagi quvonçni körib, qalbingiz faxr va ğururga töladi. Hayotimiz davomçilari, kelajagimiz egalari bolalarni asrab-avaylaş, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkaziş har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burçidir.

Mamlakatimizda bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, pirovardida soğlom hamda barkamol avlodni kamol toptiriş uçun zarur barça şart-şaroit va maʼnaviy-axloqiy muhitni taʼminlaş masalalari davlat siyosatining asosiy yönalişlaridan etib belgilangan. Binobarin, bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomçilari sifatida eʼzozlanadi.

Butun dunyo böylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni” sifatida nişonlanadi. Uşbu bayram köpçilik davlatlarda “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qiliş kuni” sifatida ham eʼtirof etiladi.
Uşbu kunda bolalar huquqlari va ularni himoya qiliş haqida munozara va lektsiyalar öqiladi, tuşuntiriş işlari olib boriladi. Şuningdek, bayramga bağişlanib turli quvnoq va madaniy-ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari ötkazilib, kontsertlar taşkil etiladi. Şu kuni oğir bemor, davolanişga muhtoj va nogiron bolalar uçun xayriya aktsiyalari va tadbirlar taşkil qilinadi.

Joriy yilning 28 may kuni Namangan viloyat sudi tomonidan
1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan Namangan şahridagi 26-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari uçun hayriya tadbiri ötkazildi. Tadbir doirasida jajji bolakaylar özlarining bor mahoratlarini şerlar va qöşiqlar kuylab namoyiş etdilar. Bundan taşqari turli sport öyinlari ham ötkazildi. Ularning çiqişlar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida bolajonlarga Viloyat sudi jamoasining qimmatbaho sovğalari va badiiy kitoblar topşirildi.
Darhaqiqat soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaş davr talabi. Farzandlarimizning nafaqat jismonan, balki maʼnan va ruhan soğlom bölişlarida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta.
Namangan viloyat sudi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi









