Özbekiston oltin eksportini qayta tikladi

Özbekiston oltin eksportini qayta tikladi

Yarim yillik tanaffusdan söng Özbekiston oltin eksportini qayta tikladi. Bu haqda Statistika qömitasi eʼlon qilgan maʼlumoilarda keltirilgan.


Unga köra, joriy yilning dastlabki tört oyida mamlakat 1,5 mlrd AQŞ dollari qiymatidagi oltinni eksport qilgan.

Uşbu eksportning asosiy qismi aprel oyiga töğri kelgan. Özbekiston yiliga qariyb 130 tonna oltin qazib oluvçi mamlakatlar qatoriga kiradi. Şu sababli, oltin mamlakat iqtisodiyoti uçun muhim strategik resurs hisoblanadi. U nafaqat eksport tuşumlarini oşiradi, balki byudjet barqarorligi va valyuta zaxiralari uçun ham katta ahamiyatga ega.

2025 yilning sentyabr oyidan keyin Özbekiston oltin eksportini amalda töxtatib qöygan. Bu davrda Markaziy bank dunyodagi qimmatbaho metalning eng yirik xaridorlaridan biriga aylangan. Yaʼni, mamlakat oltinni taşqi bozorga çiqarişdan köra, zaxiralarni mustahkamlaşni afzal körgan.

Ekspertlar bunday qarorning bir neçta asosiy sabablarini keltirmoqda.

Birinçidan, jahon bozorida oltin narxi rekord darajaga yetdi. Bunday vaziyatda şoşilinç sotuv emas, balki strategik kutiş foydaliroq bölişi mumkin.

Ikkinçidan, oltin-valyuta zaxiralarini köpaytiriş iqtisodiy xavfsizlik uçun muhim vazifa hisoblanadi.

Oltin Özbekiston iqtisodiyotida öziga xos “xavfsizlik yostiqçasi” vazifasini bajaradi. Jahon bozorlarida noaniqlik kuçayganda, valyuta kurslari tebranganda yoki taşqi savdo şaroitlari özgarganda, oltin-valyuta zaxiralari mamlakatning moliyaviy barqarorligini taʼminlaşga yordam beradi. Bu nuqtai nazardan, eksportning vaqtinça töxtatilişi Özbekiston uçun zararli bölmagan. Eksport qayta tiklanganidan söng, mamlakat qisqa muddat içida 1,5 mlrd dollar miqdorida daromad olgan


Teglar:
×