Isroilda şifokorlar bolaning uzulib ketgan boşini qayta tikladi

Isroilda şifokorlar bolaning uzulib ketgan boşini qayta tikladi

Isroilda şifokorlar velosiped haydab ketayotganda maşina urib yuborgan bolaning boşini qayta tikişga muvaffaq böldi. Bu haqda “Fox news” xabar berdi.

Aytilişiça, 12 yoşli falastinlik bola velosipedda ketayotganida uni maşina urib yuborgan. Halokat oqibatida bolaning boş suyagi umurtqa poğonasining yuqori qismidan ajralib ketgan. Bola zudlik bilan Xadassa tibbiyot markaziga olib borilgan va darhol jarrohlik amaliyotini ötkaziş uçun travmatologiya bölimiga yotqizilgan.

Operatsiyaga rahbarlik qilgan ortoped mutaxassisi doktor Oad Eynavning aytişiça, protsedura bir neça soat davom etgan.

“Bola boş suyagi yuqori umurtqasidan ajralib ketişi oqibatida içki dekapitatsiya deb ataladigan hodisa bilan olib kelindi. Bilim va operatsiya xonasidagi eng innovatsion texnologiyalar orqali bolani qutqarib oldik”, deydi u.

Şifokorlar jamoasining aytişiça, bolaning omon qoliş darajasi atigi 50 foizni taşkil qilgan.

"Hozirda bolada nevrologik nuqson, seziş yoki harakatlanişda buziliş yöq. Tanasi normal işlayapti. U boşqalarning yordamisiz yuryapti. Bu kamyob hodisa, bu oddiy jarrohlik amaliyoti emas, ayniqsa, bolalar va ösmirlar uçun. Buning uçun jarrohga bilim va tajriba kerak”, deydi şifokorlarga rahbarlik qilgan Oad Eynav.

Mazkur operatsiya iyun oyida bölib ötgan. Ammo şifokorlar natijalarni eʼlon qiliş uçun bir oy kutgan.

Isroilning TPS axborot agentligiga köra, bolaning otasi farzandining soğayiş jarayonida tunu-kun uning yonida bölgan.

"Hammaga rahmat. Uni qutqargan narsa bu professionallik, texnologiya va şifokorlar tomonidan tez qaror qabul qiliş böldi", deydi bolaning otasi.

Tibbiyot professori va Nyu-York tibbiyot markazining umumiy amaliy şifokori doktor Mark Sigel nima uçun operatsiya bunçalik muvaffaqiyatli bölganini tuşuntirgan.

"Jarohat oqibatida boş umurtqa poğonasidan ajralganiga qaramay, asosiy qon tomirlari butunligiça qolgan va miyani qon bilan taʼminlaşda davom etgan. Şuning uçun ham uni davolay oldik”, deydi u.


Teglar:
×