18 yanvar kuni boş vazir Abdulla Aripov Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi (ÖzLiDeP) siyosiy kengaşining yiğilişida sözlagan nutqida 2025 yilga kelib Özbekiston tabiiy gaz eksportini töxtatişi mumkinligini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«2025 yilga kelib, Özbekiston tabiiy gaz eksportini va uni töliq qayta işlaşni töxtatiş, şuningdek qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş çoralarini köradi», dedi hukumat rahbari.
Abdulla Aripov, şuningdek, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanişga alohida eʼtibor qaratilişini taʼkidladi.
Bundan taşqari, u joriy yil oxirigaça barça isteʼmolçilar uçun elektron gaz va elektr hisoblagiçlari örnatilişi haqida gapirdi.
«Bu energiya sarfini kamaytiradi va tölovlarni hisoblaş bilan boğliq muammolarning oldini oladi», - dedi boş vazir.
Maʼlum qilinişiça, 2030 yilda Özbekistonda elektr energiyasi işlab çiqariş qariyb 2 baravar, neft mahsulotlari işlab çiqariş 1,8 baravar, tabiiy gaz işlab çiqariş 1,2 baravar va kömir işlab çiqariş 3,3 baravar oşirilişi rejalaştirilmoqda.
manba: kun.uz









